Jamiyat
O‘zbekiston fuqarolari Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida Shvetsiyaning nufuzli universitetlarida magistratura bosqichida bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston ushbu stipendiya dasturida ishtirok etuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Nomzodlar grant asosida o‘qish uchun 2026-yil 15-yanvarga qadar magistratura dasturlariga hujjat topshirishlari lozim.
SISGP dasturi rivojlanayotgan mamlakatlardan bo‘lgan, barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan kelajak liderlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Dastur doirasida Shvetsiyaning 29 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasida ingliz tilida olib boriladigan magistratura dasturlari qamrab olingan. Ular orasida KTH, Lund University, Uppsala University, Karolinska Institute, Chalmers University kabi Yevropaning yetakchi universitetlari mavjud.
O‘zbekiston fuqarolari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin:
– davlat boshqaruvi;
– tibbiyot;
– tadbirkorlik va innovatsiyalar;
– STEM yo‘nalishlari (fan, texnologiya, muhandislik va matematika).
Tanlov qoidalariga ko‘ra, o‘qish dasturini tanlash nomzod ixtiyorida bo‘lib, barqaror rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga mos hamda olingan bilimlarni o‘z mamlakatida amaliy qo‘llash imkoniyatini asoslab bera oladigan arizalarga ustunlik beriladi.
Ariza topshirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab nomzodlar magistratura dasturini tanlab, hujjatlarni universitetlarga markazlashgan platforma orqali 2026-yil 15-yanvargacha topshiradi. Shundan so‘ng Shvetsiya instituti stipendiyasi uchun arizalar 2026-yil 9–25-fevral kunlari qabul qilinadi.
Nomzodlardan kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lish, ingliz tilini belgilangan darajada bilish, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha kamida bir yillik ish tajribasi hamda liderlik salohiyati va motivatsiyasini aks ettiruvchi hujjatlar talab etiladi.
Shvetsiya instituti — Shvetsiya haqida global miqyosda axborot tarqatish, shuningdek, madaniyat, ta’lim, fan, demokratiya va barqaror rivojlanish sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotidir.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110479
Jamiyat
94396
Jamiyat
90283
Jamiyat
73930
Jamiyat
//
Izoh yo‘q