Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “15 yoshli bola uylangan” sarlavhasi ostida video tarqalgan edi. Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur video Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan. Videodagi dastlabki kadrlar 2025-yil noyabr oyida Pastdarg‘om tumanidagi to‘yxonada bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida tasvirga olingan.
Aytilishicha, keyingi kadrlar esa tuman hududidagi boshqa to‘yxonada olingani ma’lum bo‘ldi. Ushbu videolarda aks etgan voyaga yetmagan shaxslar ishtirokidagi sahnalar real to‘y marosimiga aloqador emas. Bolalar tasvirlangan joyda hech qanday nikoh yoki to‘y bo‘lmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, N.A. ikki alohida joyda olingan tasvirlarni montaj qilib, yagona videorolik shakliga keltirgan va uni obunachilar sonini oshirish maqsadida, prank sifatida e’lon qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Fuqaro N.A.ning harakatlariga huquqiy baho berilishi ko‘zda tutilgan. Natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.
Bolalar ombudsmani ushbu holatga munosabat bildirib, voyaga yetmagan shaxslar bilan nikohni yoki uni targ‘ib etishga qaratilgan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110478
Jamiyat
94396
Jamiyat
90283
Jamiyat
73928
Jamiyat
//
Izoh yo‘q