Jahon
Amerikaning The New York Times nashri 2026-yilda borishga arzigulik 52 manzildan iborat roʻyxatni taqdim etdi. Roʻyxat ulugʻvor milliy yubileyini nishonlaydigan manzillar va yirik sport tadbirlaridan to yashirin madaniy marvaridlar va tabiat qoʻriqxonalarigacha boʻlgan joylarni oʻz ichiga olgan va shu bilan barcha qitʼalarni birlashtirgan.
1-oʻrin – AQSh
Reytingni aynan bir shahar emas, alohida mavzuga arzigulik “Amerika” boshlab beradi. Joriy yilda AQSh oʻzining 250-yilligini nishonlashga hozirlik koʻrmoqda. The New York Times ushbu tarixiy lahzalarga shaxsan guvohlik qilishni – parad va koʻrgazmalarni koʻrish, 4-iyul kuni Vashingtonda boʻlib oʻtadigan konsertga tashrif buyurish, va albatta, futbol boʻyicha Jahon chempionati oʻyinida ishtirok etishni tavsiya qiladi.
.jpg)
2-oʻrin – Varshava
Nashr Polsha poytaxtiga uning dinamik oʻzgarishi – “pragmatikdan jozibadorga” aylanganini qayd etib, yangicha nazar bilan qarashni tavsiya etadi. Asosiy diqqatga sazovor joy sifatida esa mashhur Madaniyat va fan saroyidagi yangi Zamonaviy sanʼat muzeyi hamda TR Warszawa avangard muzeyi qayd etilgan.

3-oʻrin – Bangkok
Kuchli uchlik nafaqat gavjum koʻchalari, balki ajoyib kontrastga ega Bangkok bilan yopiladi. Nashr bu hududdagi yangi Dib Bangkok zamonaviy sanʼat markazidan tashqari, shaharning yashil hududiga ham eʼtibor qaratishni va yaqindagina (12 yil davomida) restavratsiya qilingan Vat Chayvattxanaram – Buddistlar ibodatxonasi majmuasiga ham safar qilishni tavsiya etadi.

Roʻyxat hozir ekologik va sarguzashtli turizmga boʻlgan qiziqish ortib borayotganini taʼkidlab, bu borada quyidagilarni qayd etadi:
– Kosta-Rikadagi Osa oroli – sayyoraning eng biologik xilma-xil mintaqalaridan biri sanaladi.
– Safarini yaxshi koʻruvchilar uchun Hindistondagi Bandxavgarx Yoʻlbars qoʻriqxonasi.

– 2026-yilda 100 yoshini qarshilaydigan AQShdagi mashhur 66-trassa. NYT bu shossening goʻzal hududlari boʻylab nostalgik sayohat qilish, safar davomida yangilangan motellar (yoʻl boʻyidagi kichik, arzon mehmonxona)da tunab qolish va Katusdagi “Moviy kit” kabi Quirky roadside attractionsʻga tashrif buyurishni tavsiya etadi.

NYT nashri har qanday sayyohning didiga mos keladigan joylar sifatida roʻyxatga sayyoraning turli yoʻnalishlarni quyidagi manzillar boʻyicha kiritgan:
– Madaniyat ixlosmandlari uchun: Germaniyaning Bayroyt shahridagi Opera festivali, Barselonadagi Poblenou tumani va Malayziyaning Penang shahri.

– Tabiat va faol hordiqni maʼqul koʻradiganlar uchun: Nepal togʻlari, Kanadaning Roki togʻlari, Avstraliyaning Top-End mintaqasi, Chilidagi Amerika qitʼasining eng janubiy nuqtasi boʻlgan Frouard burni va Norvegiyadagi Trena oroli.
– Yangi taassurotlarni xohlovchilar uchun: Aljirdagi port shahar – Oran, Yaponiyaning Nagasiya shahri, Italiya Alplaridagi Brey-Cherviniya togʻ-changʻi kurorti, shuningdek, Armaniston, Islandiya va Vyetnamga sayohat qilish tavsiya etilgan.

Shu tariqa, The New York Timesʻning borishga arzigulik manzillar reytingi shunchaki joylar sanalgan roʻyxat emas, sayohatchi uchun dunyo trendidagi qoʻllanma qoʻllanma sifatida chop etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110461
Jamiyat
94393
Jamiyat
90274
Jamiyat
73914
Jamiyat
//
Izoh yo‘q