Jamiyat
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish yo‘nalishida qator aniq maqsadlar belgilandi.
Unga ko‘ra, respublikaning seysmik faol hududlarida 6 ball va undan yuqori zilzila sodir bo‘lganda aholini barvaqt xabardor qilish tizimini 100 foiz joriy etish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ilmiy-texnik yondashuv asosida xavf indikatorlariga ko‘ra har bir mahallani “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish hamda xavf darajalarini 100 foiz belgilash maqsad qilingan.
Bundan tashqari, xavf ko‘rsatkichini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni hudud, tuman (shahar) va mahallalar kesimida amalga oshirish, natijada “qizil” toifadagi mahallalarni to‘liq “sariq” va “yashil” toifasiga chiqarish rejalashtirilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q