Jamiyat
Endilikda O‘zbekistonda ekologik toifasi aniqlangan avtotransport vositasiga ekologik stikerni onlayn olish mumkin.
Buning uchun:
— my.gov.uz portali yoki mobil ilovasiga kiriladi;
— Qidiruv satriga “Ekologik stiker” deb yoziladi yoki “Transport” bo‘limidan “Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish” xizmatini tanlanadi.
Ma’lumotlar avtomatik shakllanadi, fuqaro faqat arizani tasdiqlash lozim. Arizada transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ekologik stikerni pochta orqali yetkazib berish manzili ko‘rsatiladi. Tizim tomonidan pochta xarajatlari uchun to‘lov invoysi shakllantiriladi. Ariza beruvchi pochta xizmatlari uchun belgilangan to‘lovni elektron shaklda amalga oshiradi. Vakolatli organ transport vositasi ma’lumotlarini axborot tizimlari orqali tekshiradi va ekologik toifani avtomatik aniqlaydi.
Ekologik stiker rasmiylashtiriladi, chop etiladi va pochta orqali ariza beruvchiga yuboriladi. Tayyor stiker 10 kun ichida uyga yetkazib beriladi. Stikerning o‘zi va ariza topshirish bepul. Faqat pochta orqali uyga yetkazish xizmati uchun 20 600 so‘m to‘lanadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110442
Jamiyat
94391
Jamiyat
90271
Jamiyat
73896
Jamiyat
//
Izoh yo‘q