Jamiyat
O‘zbekistonda noqonuniy yo‘llar bilan minglab fuqarolarni umraga yuborgan tashkilot aniqlandi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.
Ma’lumot berilishicha, 1984-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan ayol, “Jalolquduq Aviatrans” mas’uliyati cheklangan jamiyatida norasmiy turagent vazifasini bajarib, jami 19 547 nafar fuqaroni jalb qilib, noqonuniy umra tadbirini tashkil etgan.
MCHJ tomonidan 2024–2025-yillar davomida fuqarolardan 22 million 846 ming 590 dollar naqd pullar olingan. Bunda davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan jami zarar 1 milliard 819 million so‘mdan ortiq, soliq va boshqa yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik holati bo‘yicha esa 15 milliard 363 million so‘mdan ortiq mablag‘ hisoblangan.
Shuningdek, tashkilot tomonidan Saudiya Arabistoniga yuborilib, og‘ir ahvolda hech qanday sharoitlarsiz qolib ketgan jami 534 nafar fuqaro maxsus reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingan. Holat yuzasidan 14 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 13 kishi qo‘lga olindi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110442
Jamiyat
94391
Jamiyat
90271
Jamiyat
73896
Jamiyat
//
Izoh yo‘q