2030-yilgacha o‘zbekistonliklar 50 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi

Saqlash
13:23 / 07.01.2026 100 0

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish mumkin bo‘lgan mamlakatlar sonini 50 taga yetkazish maqsad qilingan. Shuningdek, soddalashtirilgan tartibda kirish mumkin bo‘lgan davlatlar sonini 60 taga yetkazish ham ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, konsullik xizmatlarini raqamlashtirish yo‘nalishida ham aniq ko‘rsatkichlar belgilanmoqda. Jumladan, konsullik xizmatlarini amalga oshiruvchi mobil platforma yaratish va xizmatlarni raqamlashtirish orqali hozirgi 8 500 nafar foydalanuvchi qamrovini 100 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Aytilishicha, mazkur chora-tadbirlar fuqarolarga konsullik xizmatlarini tezkor va qulay shaklda taqdim etish, shuningdek, xorijga chiqish jarayonlarini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Hozirgi holatga ko‘ra, o‘zbekistonliklar uchun vizasiz safar qilish imkoniyati nisbatan cheklangan.

 

To‘liq vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar: 26 ta (ya’ni oldindan viza olmay kiriladi). 

 

Qo‘shimcha ravishda, 31 ta davlatda viza aeroport/chegarada (visa on arrival) beriladi, 2 ta davlatda esa eTA talab qilinadi. Shu tarzda, o‘zbek pasporti bilan oldindan viza olmasdan kirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar jami 60 ta deb baholanadi (vizasiz + visa on arrival + eTA). 

 

Vizasiz kiriladigan davlatlar qatorida, masalan, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Gurjiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, BAA, Malayziya, Tailand, Xitoy kabilar bor. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//