Jamiyat
Telegram va Instagram orqali “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib firibgarlik qilganlar qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBBning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor-qidiruv tadbiri davomida Telegram va Instagram’da Davlat bojxona qo‘mitasi nomidan soxta kanal va guruhlar ochib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan jinoiy guruh fosh etilib, guruh a’zolari qo‘lga olingan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, Andijon viloyatida yashovchi 22–25 yoshli 5 nafar shaxs joriy yil boshida jinoiy reja tuzib, Telegram va Instagram’da bojxona tizimi nomidan “Musodara tovarlar” va “Optom sklad” nomlari ostida kanal va guruhlar tashkil etgan.
Shuningdek, guruhlarda “Bojxona qo‘mitasi admini”, “Ishonch siz bilan” kabi o‘nga yaqin soxta akkauntlar orqali o‘zlarini go‘yoki tizim xodimlari sifatida tanishtirgan. Ular maishiy texnika, muzlatkich va televizorlar, isitish qozonlari, oshxona va bolalar mebellari, turli gadjetlar, jumladan iPhone telefonlarining so‘nggi modellari hamda kiyim-kechaklarni juda arzon narxlarda taklif qilib, aslida mavjud bo‘lmagan motoskuterlargacha yetkazib berishni va’da qilgan. To‘lovlarning ma’lum qismi esa o‘zgalarning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalar orqali qabul qilingan.

Natijada, jinoiy guruh a’zolari dastlabki tergovga qadar jami 60 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan 117 million so‘mni o‘zlashtirgan va pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Mahsulotni talab qilgan yoki qayta aloqaga chiqqan jabrlanuvchilar esa javobsiz qoldirilib, ijtimoiy tarmoqlarda “qora ro‘yxat”ga kiritilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)3-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilib, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Kodeksning yuqoridagi moddasiga ko‘ra, firibgarlik ko‘p miqdorda va takroran sodir etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110430
Jamiyat
94391
Jamiyat
90270
Jamiyat
73887
Jamiyat
//
Izoh yo‘q