Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, jamg‘arma maktablar, sport inshootlari va shifoxonalarni qurish, ta’mirlash hamda qayta qurish ishlarini moliyalashtiradi. Shuningdek, ta‘lim, sport va tibbiyot muassasalarini jihozlash, infratuzilma va texnika bilan ta’minlash uchun ham mablag‘ ajratiladi.
Aytilishicha, jamg‘armaga Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasidan 2 trln so‘m o‘tkaziladi. Bundan tashqari, u 2026-yil boshida 55 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi byudjetdan tashqari jamg‘armalar balansidagi mablag‘larning 50 foizigacha oladi.
Bundan tashqari, pedagogik mahorat ilmiy-amaliy markazi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi jamg‘armalardan qoldiq mablag‘ning 10 foiz ajratiladi. O‘zatom, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda IIV Migratsiya va personallashtirish departamenti huzuridagi jamg‘armalar o‘z mablag‘larining 20 foizini taqdim etishlari lozim bo‘ladi.
Prezident dekabr oyi oxirida Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida mahallalardagi muammolarni hal qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini ma'lum qilgandi. Mahalliy byudjetlar daromadini kamida ikki barobar oshirish choralari ko‘riladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismi mablag‘larning yarmini tumanlarga o‘tkazish sharti bilan soliq undirilgan Toshkent shahri va viloyatlar budjetiga o‘tkaziladi. Shuningdek, mahalliy budjetlarga viloyat darajasidagi daromadlarning prognozdan ortiq 50 foizi, ekin yerlarini ijaraga berishdan olingan barcha to‘lovlar va bozor yig‘imlari to‘liq beriladi.
Hokimlarga takrorlanuvchi va samarasiz lavozimlarni qisqartirish, bo‘shagan mablag‘larni aholi muammolarini hal etishga yo‘naltirish vazifasi topshirildi. Bu choralar natijasida tumanlarga infratuzilma uchun qo‘shimcha 5 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110429
Jamiyat
94390
Jamiyat
90270
Jamiyat
73887
Jamiyat
//
Izoh yo‘q