Toshkentdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli samolyotlar harakatiga cheklovlar kiritildi

Saqlash
18:23 / 06.01.2026 77 0

Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko'rinish masofasi 700 m) tufayli samolyotlarning qo'nishi va jo'nab ketishiga ba'zi cheklovlar joriy qilindi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

 

"Centrum Air" aviakompaniyasining Seul - Toshkent yo'nalishidagi C6550 reysi va "Air Samarkand" aviakompaniyasining Jidda - Toshkent yo'nalishidagi 9S3304 reyslari  ekipajning toifasi o'rnatilgan cheklovlarga mos kelmaganligi sababli samolyotlar Samarqanddagi muqobil aerodromga yo'naltirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//