Jamiyat
“Oygaing” yuqori tog‘li meteorologik kuzatuv stansiyasida xizmat olib borayotib og‘ir ahvolda qolgan xodim vertolyotda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
5-yanvar kuni Ugam–Chatqol tog‘ tizmasining borish qiyin bo‘lgan, murakkab relefga ega hududida joylashgan “Oygaing” yuqori tog‘li meteorologik kuzatuv stansiyasida xizmat olib borayotgan xodimi og‘ir ahvolda qolgan.
Qayd etilishicha, u harbiy havo kuchlari yordamida evakuatsiya qilinishi zarur bo‘lib, holat yuzasidan O‘zgidromet rahbariyati Mudofaa vazirligiga ma‘lum qilgan.
Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining navbatchi qidiruv-qutqaruv vertolyoti yordamida tungi vaqtda qutqaruv tadbirlari amalga oshirilib, xodim tezkorlik bilan Chirchiq shahridagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan va shifokorlar tomonidan unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q