Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumanidagi maktabda oʻqituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklangan direktor ishdan olindi.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berishicha, ushbu holat Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda, tuman hududidagi 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlib ishlab kelayotgan X.N. tomonidan pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklangani – amaldagi tartiblarga zid ravishda navbatchilik qilishlari talab etilgani aniqlangan.
Shunga koʻra, Viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasining 2025-yil 6-yanvardagi buyrugʻiga asosan 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.N. vazifasidan ozod etildi. Tizim rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymasliklari yuzasidan ogohlantirilgan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110419
Jamiyat
94388
Jamiyat
90268
Jamiyat
73874
Jamiyat
//
Izoh yo‘q