Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida eng koʻp Hindiston fuqarolari kelgan

Saqlash
12:56 / 06.01.2026 130 0

Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan TOP-20 davlat fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etdi. Unga koʻra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 54,3 % ga oshgan.

 

Oʻtgan yilning 11 oyida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

 

Hindiston — 16,3 ming nafar

Turkmaniston — 8,9 ming nafar

Tojikiston — 2,7 ming nafar

Pokiston — 1,7 ming nafar

Xitoy — 1,4 ming nafar

Janubiy Koreya — 870 nafar

Qirgʻiz Respublikasi — 823 nafar

Misr — 737 nafar

Filippin — 501 nafar

AQSH — 464 nafar

Turkiya — 357 nafar

Afgʻoniston — 291 nafar

Iordaniya — 194 nafar

Buyuk Britaniya — 179 nafar

Rossiya — 164 nafar

JAR — 155 nafar

Eron — 115 nafar

Qozogʻiston — 113 nafar

Bangladesh — 97 nafar

Italiya — 94 nafar

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//