Jamiyat
Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi
➖ nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
➖ eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
➖ koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlar, bir koʻzi soqqasi yoʻqligi (anoftalm), ambliopiya va gʻilay boʻlgan zaif koʻradiganlar);
➖ tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqa, boʻgʻimlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish aʼzosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tugʻruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish aʼzolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari);
➖ psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);
➖ murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);
➖ sil kasalligining ilk koʻrinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xoʻjalikdan) boʻlib aloqada boʻlganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q