Jamiyat
2025-yil, 31-dekabrdagi 850-son Hukumat qarori bilan “Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlanib, elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, elektr energetikasi tizimi ishlashining quyidagi texnologik buzilishlari majburiy ravishda tekshirilishi va hisobga olinishi shart:
- elektr qurilmalarining ekspluatatsiya davrida, shuningdek, rejali taʼmirlash, profilaktika koʻrigi va sinovlar jarayonida aniqlangan shikastlanish holatlari;
- elektr qurilmalari va ularning elementlarini ishdan chiqargan, texnik (texnologik) holat parametrlarining ruxsat etilmagan darajada chetga chiqishi;
- isteʼmolchilarga elektr energiyasini qisman yoki toʻliq rejalashtirilmagan holda yetkazib berishning toʻxtatilishi.
Texnologik buzilish holatlari xususiyati va oqibatining ogʻirligiga qarab, avariyalar, I va II darajadagi ishdan chiqishlarga boʻlinadi.
Texnologik buzilishlarning tekshiruvi ular aniqlangan zahoti boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi lozim.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, uzatuvchi va taqsimlovchi korxonada hamda unga tegishli elektr tarmoqlarida sodir boʻlgan barcha texnologik buzilishlar ushbu elektr energetikasi obyekti tomonidan hisobga olinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110417
Jamiyat
94388
Jamiyat
90268
Jamiyat
73870
Jamiyat
//
Izoh yo‘q