Mehnat migratsiyasiga ketayotganlarga to‘lanadigan kompensatsiya talabi tushuntirildi

Saqlash
17:05 / 05.01.2026 77 0

Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, “Xorijda ish” elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga migratsiya jamg‘armasidan quyidagi xarajatlar uchun kompensatsiya to‘lanadi:

 

▪️ xorijiy til va (yoki) kasb bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilib, sertifikat olinganda — BHMning 3 baravarigacha(1 mln 236 ming so‘m);

 

▪️ ishchi vizani rasmiylashtirish uchun — BHMning 5 baravarigacha(2 mln 60 ming so‘m);

 

▪️ yo‘l chiptasi xaridi uchun — BHMning 2 baravarigacha(824 ming so‘m).

 

“Ma’lumot uchun: 2025-yilda kompensatsiya to‘lovlarini olishga ulgurmagan fuqarolarga 2026-yil 9-yanvarga qadar arizada ko‘rsatilgan plastik karta raqamlariga mablag‘lar o‘tkazib berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//