Bu hafta yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Saqlash
13:10 / 05.01.2026 100 0

O‘zgidromet 10-yanvargacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 6-yanvar kuni shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0– -2° sovuq, kunduzi +7– +9° iliq bo‘ladi.

 

7–9-yanvar kunlari shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3– -8° sovuq, 10-yanvarda 0– -5° sovuq, kunduzi — 7-8-yanvarda +3– +8° iliq, 9-10-yanvarda +5– +10° iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — 6-yanvarda 0– -5° sovuq, 7-9-yanvarda -3– -8° sovuq, 10-yanvarda 0– -5° sovuq, kunduzi — 6-yanvarda +5– +10° iliq, 7-8-yanvarda +3– +8° iliq, 9-10-yanvarda +5– +10° iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — 6-yanvarda -3° sovuq– +2° iliq, 7-8-yanvarda 0– -5° sovuq, kunduzi — 6–8-yanvarda +5– +10° iliq; 9-10-yanvarda kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +8– +13° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–8-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq, 9-10-yanvarda 0– +5° iliq, kunduzi — 6-yanvarda +6– +11° iliq, 7-8-yanvarda +8– +13° iliq, 9-10-yanvarda +10– +15° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — 6-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq, 7-8-yanvarda 0– -5° sovuq, 9-10-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq; kunduzi — 6-7-yanvar kunlari +2– +7° iliq, 8-yanvarda +5– +10° iliq, 9-10-yanvarda +7– +12° iliq bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — 6–8-yanvar kunlari -5– -10° sovuq, 9-10-yanvarda -2– -7° sovuq, kunduzi — 6-yanvarda -3° sovuq– +2° iliq, 7-8-yanvarda 0– -5° sovuq, 9-10-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.

 

5-yanvarda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//