Jahon
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev “Turkistan” gazetasiga bergan intervyusida o‘zi va hamkasblarining jismoniy holatiga baho berdi.
“Sog‘lig‘imdan shikoyat qilmayman: qon bosimi barqaror, me’yorda. Meditatsiyasiz kundalik yoga mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga odatlandim. Haftada bir necha marta sobiq professional o‘yinchi bilan stol tennisi o‘ynayman. Darhaqiqat, 9 kilogramm vazn yo‘qotdim, bu o‘zimni ancha yaxshi his qilishimga yordam berdi”, degan To‘qayev.
Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, hamkasblarining jismoniy faolligi haqida ham gapirib o‘tgan.
“Putin yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan norasmiy tadbirda yosh dzyudochiga qarshi usul qo‘llab, katta avlod sharafini himoya qildi. Aliyev (Ozarbayjon prezidenti) ham jismonan baquvvat, u doimiy ravishda mashq qiladi, Japarov (Qirg‘iziston rahbari) futbol o‘ynaydi. Mirziyoyev yaxshi sport formasida, u ham zalda shug‘ullanadi. Pashinyan (Armaniston bosh vaziri) — velosipedchi. Lukashenko (Belarus rahbari) hanuzgacha xokkey o‘ynaydi. Rahmon (Tojikiston prezidenti) ham sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi. Shunday ekan, barcha hamkasblar ajoyib formada”, degan u “Turkistan” gazetasiga bergan intervyusida.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111843
Jamiyat
94677
Jamiyat
90672
Jamiyat
75342
Jamiyat
//
Izoh yo‘q