Jamiyat
O‘zbekistonlik migrant Rossiyada kaltaklab o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, voqea Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan. Ayni paytda fuqaroning vafot etish sabablari bo‘yicha rasman tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinchi fuqaro haqidagi ma’lumotlar esa tasdiqlanmagan.
Vazirlik xabarida tegishli idoralardan aniq ma’lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishi aytiladi.
“Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk o‘lkasi Prokuraturasi, Tergov boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Xabarovsk o‘lkasidagi vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda o‘rganish so‘ralgan.
“O‘zbekiston diplomatlari xorijdagi har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifa deb biladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
110288
Jamiyat
94362
Jamiyat
90241
Jamiyat
73728
Jamiyat
//
Izoh yo‘q