Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident Matbuot xizmati.

Yangi Toshkentda ham keng koʻlamli uy-joy qurilishi boshlangan. Birinchi bosqichda 600 ming aholi uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishi belgilangan. Loyiha toʻliq yakunlanganda esa Yangi Toshkent 2 million nafar odam yashaydigan ulkan megapolisga aylanadi.
Ularning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash borasidagi birinchi qadam “Sharq bahori” turar joy majmuasidir. Majmua mintaqamizdagi eng yirik uy-joy loyihalaridan biri hisoblanadi. 95 gektar hududda 15 mingga yaqin xonadondan iborat koʻp qavatli uylar quriladi.
Bugunga qadar bu yerda 18 million kvadrat metrdan ortiq qurilish ishlari bajarildi. Bunda “A+” energiya tejamkorlik toifasidagi zamonaviy materiallar qoʻllanmoqda.
Majmuada 15 mingdan ortiq daraxt va koʻchatlardan iborat yashil hudud tashkil qilish ham rejalashtirilgan. Shuningdek, avtonom isitish va sovitish tizimlari boʻladi, tom qismlari toʻliq quyosh panellari bilan qoplanadi.
Aholining shaxsiy transport vositalarini saqlashi uchun uylarning yer osti qismlarida avtoturargohlar tashkil etiladi. Majmuadan 5-10 daqiqalik masofada bogʻ, metro bekati, maʼmuriy binolar va ijtimoiy muassasalar qayd rostlaydi.
Prezident tayyor xonadonlardan biriga kirib, sharoitlar bilan tanishdi, Yangi Toshkent aholi uchun har tomonlama qulay uy-joy qurishda butun mamlakatimizga namuna va tajriba maktabi boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110207
Jamiyat
94343
Jamiyat
90225
Jamiyat
73643
Jamiyat
//
Izoh yo‘q