Jamiyat
Gidrometeorologiya xizmati joriy yilning 31-dekabridan 2026-yilning 5-yanvar sanasiga qadar kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli Respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini eslatib oʻtilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q