Yangi yil kuni Toshkent metropoliteni va shahar avtobuslari kechki soat 1:00 gacha xizmat ko‘rsatadi

Saqlash
14:31 / 30.12.2025 28 0

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent metropoliteni hamda shahar avtobus yo‘nalishlari harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi, deb xabar berdi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

 

Metro harakati:

 

- Bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatadi;

- 2025-yil 31-dekabr va 2026-yil 2-yanvar kunlari — metro poyezdlari shanba kuni jadvali asosida harakatlanadi;

- 2026-yil 1-yanvar kuni — metro poyezdlari yakshanba kuni jadvali bo‘yicha qatnaydi;

- 5-yanvar (dushanba) — ish kuni bo‘lib, metro harakati odatiy ish kuni jadvali asosida tashkil etiladi.

 

Avtobus yo‘nalishlari harakati:

 

- Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025-yil 31-dekabr kuni shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar soat 01:00 ga qadar amalga oshiriladi;

- 2026-yil 1-yanvardan 2026-yil 4-yanvar kuniga qadar shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yakshanba kuni uchun belgilangan ish tartibi asosida tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//