Ilm-fan
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati qisqa muddatda xalqaro natijaga erishdi.
Xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 15-maydagi PF–86-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan ta’lim maskaniga International Baccalaureate (IB) tomonidan rasmiy ravishda IB Diploma Programme (IBDP) bo‘yicha IB Jahon maktabi maqomi berildi.
Ta’kidlanishicha, IB tashkilotining 58 yillik faoliyati davomida, dunyo bo‘ylab 5 800 dan ortiq IB maktablar orasida ilk bor davlat maktabi atigi 4 oy ichida akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan.
IB tashkiloti o‘z rasmiy murojaatida Al-Beruniy xalqaro maktab-internatining ta’lim muhitini, boshqaruv tizimini, ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarning mas’uliyatli yondashuvini alohida e’tirof etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur maktab-internatida IBDP dasturining joriy etilishi orqali o‘quvchilarni Harvard, MIT, Oxford, Cambridge, Stanford, Columbia kabi dunyoning yetakchi universitetlariga to‘liq grant asosida maqsadli tayyorlash imkoniyati yaratildi.
"Mazkur yuksak natijalar mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, davlat rahbarining ta’limga bo‘lgan ustuvor e’tibori va strategik qarashlarining amaliy samarasidir", deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
110799
Jamiyat
94456
Jamiyat
90376
Jamiyat
74273
Jamiyat
//
Izoh yo‘q