Jamiyat
Prezident qarori bilan Fanlar akademiyasi faoliyati takomillashtiriladi.
Jumladan, qarorda quyidagilar nazarda turilgan:
▪️ yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini 3 baravarga oshirish;
▪️ ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini 60 foizgacha oshirish;
▪️ xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy diasporani O‘zbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilish.
Qarorga ko‘ra, Fanlar akademiyasining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi.
2026-yildan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi barcha ilmiy loyihalarning sifatini oshirish maqsadida ularni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifiga asosan hamrais nomzodi kiritiladi.
2026-yil 1-yanvardan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yo‘nalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamg‘armasi tashkil etiladi.
2026-yil 1-apreldan esa Fanlar akademiyasi o‘z tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) va ilmiy muassasalar faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etadi.
Shuningdek, Qarorga ko‘ra:
✔️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Innovatsion rivojlanish agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazini Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazish;
✔️ hududlarda ilm-fanni rivojlantirish va yoshlarni ilm-fanga kengroq jalb qilish maqsadida Namangan, Samarqand va Termiz shaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy bo‘limlarini tashkil etish;
✔️ Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisini tashkil etish;
✔️ Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazini Antropologiya instituti deb qayta nomlash belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111616
Jamiyat
94640
Jamiyat
90627
Jamiyat
75112
Jamiyat
//
Izoh yo‘q