Shirin shahri va Uychi tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Saqlash
13:45 / 29.12.2025 65 0

Abdullayev Muzaffar Abdug‘aniyevich Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.

 

 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov keyingi yillarda Uychi tumanida olib borilgan ishlar, Uychi tajribasi doirasida erishilgan yutuqlar barobarida, ishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga atroflicha to‘xtalib, hududlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berar ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarurligini ta’kidladi.

 

Shu boisdan xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar Namangan viloyati hokimining Musayev Shuhrat Mirsodiqovichni Uychi tumani hokimi  vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi tegishli qarorlarini tasdiqladi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda Abdullayev Muzaffar Abdug‘aniyevichni Uychi tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori bir ovozdan ma’qullandi.

 

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyati Shirin tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.

 

Kambarova Dilfuza Yigitaliyevna mazkur shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

 

 

Shu kunga qadar shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Xazratqulov Niyoz Namazboyevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod etildi.

 

Ma’lumot uchun, Dilfuza Kambarova tayinlovga qadar aksiyadorlik-tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy markazi Ayollar tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha mintaqaviy markaz boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//