Jamiyat
O‘zgidromet 3-yanvargacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +3– +8° iliq bo‘ladi.
31-dekabr kuni kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1–3-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 dekabr–2 yanvarda -2° sovuq– +3° iliq, 3-yanvarda -2– -7° sovuq, kunduzi 31-dekabrda 0– +5° iliq, 1-2-yanvarda +3– +8° iliq, 3-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +10– +15° iliq bo‘ladi.
31-dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1-2-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabr kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +5– +10° iliq, 1-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +7– +12° iliq, 2-yanvarda kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +10– +15° iliq, 3-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +5– +10° iliq bo‘ladi.
Navoiy viloyati shimolida kechasi 31-dekabr–2 yanvarda -2° sovuq– +3° iliq, 3-yanvarda -2– -7° sovuq, kunduzi 31-dekabrda 0– +5° iliq, 1-2-yanvarda +3– +8° iliq, 3-yanvarda -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand. Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +10– +15° iliq bo‘ladi.
31-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1-2-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi va kunduzi +5– +10° iliq; 1-yanvarda kechasi +1– +6° iliq, kunduzi +3– +8° iliq, 2-yanvarda kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +8– +13° iliq, 3-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +5– +10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7– +12° iliq, kunduzi +13– +18° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida 31-dekabr va 3-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-2-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 31-dekabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabrda kechasi +5– +10° iliq, kunduzi 7–12° iliq, 1-yanvarda kechasi 0–5° iliq, kunduzi +7– +12° iliq, 2-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +10– +15° iliq, 3-yanvarda kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +7– +12° iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida ham 31-dekabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 2-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 31-dekabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabrda kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +7– +12° iliq, 1-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +7– +12° iliq, 2-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +10– +15° iliq, 3-yanvarda kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +7– +12° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +7– +12° iliq bo‘ladi.
1- va 3-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31-dekabr va 2-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +5– +10° iliq; 1-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +3– +8° iliq, 2-yanvarda kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +5– +10° iliq, 3-yanvarda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +5– +10° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +3– +8° iliq bo‘ladi.
Boshqa kunlari ham vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi 0– +5° sovuq, kunduzi +2– +7° iliq; 1-2-yanvarda kechasi -2– -7° sovuq, kunduzi 0– +5° iliq, 3-yanvarda kechasi va kunduzi -2° sovuq– +3° iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
110175
Jamiyat
94337
Jamiyat
90217
Jamiyat
73611
Jamiyat
//
Izoh yo‘q