Jamiyat
Karabayev Adham Jakbaraliyevich Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov keyingi yillarda Yangi Namangan tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, ishga solinmagan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, odamlarning bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni belgilab bergan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa tumanga yangi hokim zarurligi ta’kidlangan.
Shu maqsadda, sessiyada deputatlar Abdullayev Jobir Sharifovichni Yangi Namangan tumani hokimi vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarni tasdiqlagan.
Viloyat hokimining Karabayev Adham Jakbaraliyevichni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori bir ovozdan ma’qullangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111132
Jamiyat
94527
Jamiyat
90475
Jamiyat
74607
Jamiyat
//
Izoh yo‘q