Jamiyat
O‘zbek so‘mini yoqqan xorijlik fuqarolar topilib, ma’muriy jazoga tortildi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu harakatni sodir etgan ishchilar aniqlanib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
JIB Sirdaryo tuman sudi qarori bilan aybdorlarning har biri BHMning 100 baravari, ya’ni 41 mln 200 ming so‘mdan jarima jazosiga tortilgan.
“23 dekabrda O‘zbekiston valutasini olib, yoqdik. Qilgan ishim noto‘g‘ri ekanini anglab yetdim. O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman”, degan huquqbuzarlardan biri.
Shuningdek, ish beruvchi tomonidan ushbu shaxslar bilan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q