Jamiyat
Hukumat qarori bilan “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish” konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, endilikda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni yanada kuchaytiriladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 50 dan ortiq umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar turli darajalarda nishonlanib kelinmoqda.
Qayd etilishicha, endi o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, umumxalq bayramlarining ta’sirchan va jozibador musiqiy atributlari, o‘ziga xos taronalari, turli bezaklari ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, har bir umumxalq bayramining g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni, tarixiy shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib beruvchi qo‘llanmalar tayyorlanadi va keng tarqatiladi.
Umumxalq bayramlari doirasida “Eng iqtidorli yosh” aksiya-shou dasturini o‘tkazish orqali muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni xalqqa tanitish va shu orqali boshqa yoshlarni o‘z maqsadlari yo‘lida ruhlantirishga oid interaktiv tadbirlar tashkil qilinadi.
Shuningdek, bayram kunlariga oid ommabop adabiyotlar, shu jumladan, “O‘zbekiston bayramlari” kitobi tayyorlanadi va chop etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
110103
Jamiyat
94325
Jamiyat
90195
Jamiyat
73540
Jamiyat
//
Izoh yo‘q