Iqtisod
Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkazish prognoz qilinmoqda. Bu haqda Prezident Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida aytib o‘tdi.Bu haqda Prezident Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida qayd etdi.
Agar mehnat unumdorligi, energiya samaradorligi va tannarx bo‘yicha qattiq ishlansa, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Shu bois, sanoatda “Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oshirish” dasturi boshlanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha alohida loyiha amalga oshiriladi.
Ushbu loyihaga xalqaro moliya institutlaridan 200 million dollar kredit va grant jalb qilinib, sanoat korxonalari uchun xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislar olib kelinadi, biznes jarayonlari raqamlashtiriladi, energiya va boshqa xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha auditlar o‘tkaziladi, ilg‘or texnologiyalar transfer qilinadi.
Bu borada “To‘rtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil qilinadi. Markaz negizida robototexnika, “buyumlar interneti”, “aqlli fabrika” kabi “Industriya 4.0” yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish uchun “tartibga solish mexanizmi” yaratiladi.
Bunda korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin ularni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Iqtisod
110096
Jamiyat
94325
Jamiyat
90195
Jamiyat
73531
Jamiyat
//
Izoh yo‘q