Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi aralashuvidan keyin Toshkent viloyatidagi 5 ta qurilish kompaniyasi 6,7 mlrd soʻm pul mablagʻlarini isteʻmolchilarga qaytaradigan boʻldi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Raqobat qoʻmitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan. Ular xonadon xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlishlariga qaramasdan, ayrim tadbirkorlik subyektlari (quruvchi tashkilotlar) tomonidan belgilangan muddatlarda xonadonlarni topshirish majburiyatlari bajarilmayotganini taʻkidlagan.
Shu munosabat bilan, hududiy boshqarma tomonidan qurilish sohasidagi qonunbuzilish holatlari boʻyicha sud organlariga jami 32 nafar isteʻmolchi manfaatida 11 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻni undirish haqida daʻvo arizalari kiritilgan.
Glamur Gold, Transport Free Group, Lucky Technical, Broccoli Plus va Nur MCHJlarga nisbatan 16 nafar isteʻmolchi foydasiga jami 6,7 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻni qaytarish toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarorlari qabul qilindi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni paytda qolgan isteʻmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan sud ishlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʻmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasiga muvofiq, ijrochi tomonidan shartnomada yoki belgilangan qoidalarda koʻrsatilgan muddat, hajm va sifat talablariga qatʻiy rioya etilgan holda ishlarning bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishi shartdir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
110087
Jamiyat
94324
Jamiyat
90193
Jamiyat
73523
Jamiyat
//
Izoh yo‘q