Andijonda avtobuslarda naqd pul bilan toʻlov bekor qilinadi

Saqlash
17:07 / 25.12.2025 33 0

2026-yil 1-yanvardan boshlab Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti toʻxtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

 

Elektron toʻlov turlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar yoʻl haqi toʻlovini 2100 soʻm evaziga amalga oshirishi mumkin. Yoʻlovchilarga toʻlovni bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish tavsiya qilinmoqda.

 

Yoʻl haqini naqd pul bilan toʻlash uchun bevosita bekatlar va ularga yaqin hududlarda oʻrnatilgan Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan 3000 soʻm evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish zarur boʻladi.

 

Andijondagi avtobus yoʻnalishlarida iyuldan avtobuslar yoʻnalishi brutto-shartnoma tizimiga oʻtkazila boshlagan edi. Bu bilan kunlik reja bekor boʻlib, hisob-kitob bosib oʻtilgan yoʻl va sifat mezonlaridan kelib chiqib qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//