Jamiyat
Qishki taʼtil davrida yoʻlovchilarning temiryoʻl transporti qatnovlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 26-dekabrdan 12-yanvarga qadar bir qator yoʻnalishlarda qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi.
Transport vazirligi xabariga koʻra, quyidagi yoʻnalishlarda qoʻshimcha qatnovlar joriy etiladi:
“Toshkent – Samarqand – Toshkent” – 26-31 dekabr kunlari hamda 4-yanvar kuni “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qoʻshimcha qatnovlari tashkil etiladi. Jami 14 ta qoʻshimcha reys amalga oshiriladi.
“Toshkent – Buxoro – Toshkent” – 26-31 dekabr kunlari “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qoʻshimcha 4 ta reysi bajariladi.
“Toshkent –Xiva – Toshkent” — 12-yanvariga qadar qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur yoʻnalishda jami 12 ta qoʻshimcha reys amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, “Toshkent – Xiva – Toshkent”, “Toshkent – Shovot – Toshkent”, “Toshkent – Qoʻngʻirot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz –Toshkent” va “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq poyezdi) yoʻnalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 12-yanvarga qadar har kuni 4 tadan qoʻshimcha vagonlar qoʻshiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110086
Jamiyat
94323
Jamiyat
90191
Jamiyat
73520
Jamiyat
//
Izoh yo‘q