Jamiyat
O‘zbekistonda Yangi yil munosabati bilan xodimlarga bayram mukofotini berish masalasiga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mamlakat qonunchiligiga tayanib aniqlik kiritdi.
Mehnat kodeksining 252-moddasiga (rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlar) ko‘ra, mukofot va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar tartibi ish beruvchi tomonidan belgilanadi hamda jamoa shartnomasi yoki ichki hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
“Agar ichki hujjatda barcha xodimlarga bayram munosabati bilan mukofot berish majburiyati belgilangan bo‘lsa, ish beruvchi uni berishi shart. Aks holda, bu qarzdorlikni keltirib chiqaradi. Agar bunday majburiyat ichki hujjatlarda ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mukofot berish majburiy emas, u ixtiyoriy hisoblanadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Aytilishicha, mukofotlashda kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnat kodeksining 4-moddasiga (mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipi) ko‘ra, jins, yosh, lavozim yoki mehnat natijalariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar asosida farqlash kamsitish hisoblanadi.
Bayram mukofotini bayramdan oldin ham, keyin ham berish mumkin — qonunchilikda aniq muddat belgilanmagan. Byudjet tashkilotlarida mukofotlash tartibi faqat qonunchilikda belgilangan holatlarda amalga oshiriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110694
Jamiyat
94434
Jamiyat
90335
Jamiyat
74159
Jamiyat
//
Izoh yo‘q