Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilishda qator vazifalar qo‘ydi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda so‘nggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan, 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilgani qayd etildi.
Sanoat hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi yangi tarmoqlar shakllangan. 2025-yilda 126 ming oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
.png)
“To‘palang” suv omboridan quvur tortish orqali Sherobod, Boysun, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida yashovchi 2 million aholining ichimlik suv muammosi to‘liq hal etilgan. Shunga qaramay, boy tabiiy resurslari va yetarli infratuzilmasi bo‘la turib, Surxondaryo viloyati sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va turizm sohalarida qator hududlardan ortda qolayotgani ayrildi.
Xususan, viloyatda sanoat ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo viloyatiga nisbatan 1,5 karra, Jizzax viloyatidan 1,8 barobar va Xorazm viloyatidan 2 barobar kam. Meva-sabzavot eksporti ham Samarqand, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Xorazm ko‘rsatkichlaridan past. Viloyatdagi qazilma boyliklar 600 milliard dollarga baholangani, biroq bu salohiyatning hatto 10 foizi ham ishga solinmagani qayd etildi.
Surxondaryoning salohiyatini yanada to‘liq ishga solish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilandi:
2026-yilda viloyatda aniqlangan 114 ta qazilma konlari zaxirasi asosida yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Kelgusi yilda ushbu konlarda 3,2 milliard dollarlik 91 ta loyihani boshlash, shundan 2 milliard dollarlik qismini ishga tushirish rejalari belgilandi. Drayver loyihalar infratuzilmasiga 175 milliard so‘m ajratiladi, buning hisobiga 1 trillion 200 milliard so‘mlik 36 ta loyiha amalga oshirilib, 9 mingta ish o‘rni yaratiladi.
Viloyatda atigi 47 ta mehmonxona faoliyat yuritmoqda, 4 va 5 yulduzli yoki brend mehmonxonalar yo‘q. Endilikda Boysun, Sangardak va Omonxona kabi yuqori turistik salohiyatga ega hududlar imkoniyatlari to‘liq ishga solinib, mehmonxonalarning soni ko‘paytiriladi, yangi turizm yo‘nalishlari va obyektlarini tashkil etiladi.
Qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot ishlab chiqarishning 60 foizi Denov, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot va Sariosiyo tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Kelgusi yilda Angor, Qiziriq, Termiz, Uzun hamda ixtisoslashgan boshqa tumanlarda ham eksportni ko‘paytirish bo‘yicha aniq loyihalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi. Davlat rahbari hududda yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110086
Jamiyat
94319
Jamiyat
90187
Jamiyat
73520
Jamiyat
//
Izoh yo‘q