Jamiyat
Toshkent hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilar hayvonlarga qor otdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Oq bengal yo‘lbarsi Fufunya va Amur yo‘lbarsi Navro‘zga qor otilgan. Boshqaruvchi direktor aralashuvidan so‘ng hayvonlarga og‘riq yetkazish maqsadida qorbo‘ronlar ichiga toshlar solingani aniqlandi”, deyiladi ma’muriyat xabarida.
Aytilishicha, qoidabuzarlar zudlik bilan hayvonot bog‘i hududidan chiqarib yuborilgan.
“Amur yo‘lbarsi — yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob tur. Oq bengal yo‘lbarsi esa — alohida parvarish va himoyani talab qiladigan nihoyatda kamyob yo‘lbars. Hayvonot bog‘idagi har bir jonzot — biz himoya qiladigan asrab-avaylaydigan noyob hayotdir”, — deya ta’kidladi Toshkent hayvonot bog‘i o‘z xabarida.
Ma’muriyat hayvonlarga zarar yetkazgan yoki belgilangan qoidalarni buzgan har qanday shaxs hayvonot bog‘i hududidan darhol chiqarib yuborilishini eslatdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
111617
Jamiyat
94640
Jamiyat
90627
Jamiyat
75114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q