Jamiyat
Hukumat qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida ilk marta karate WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Gulshan Alimardonova Prezident sovg‘asi bilan taqdirlanadi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Aytilishicha, sportchiga Prezident sovg‘asi sifatida BYD SONG PLUS DM-i UzPride avtomobili taqdim qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Gulshan Alimardonova 27-30-noyabr kunlari Misrning Qohira shahrida karate bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida -50 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U finalda malayziyalik Shahmalarani Chandranni 6:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Sport vazirligi xabarida bu g‘alaba “tarixiy yutuq” deb atalgan va Gulshan Alimardonova jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik ayol karatechiga aylangani qayd etilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q