Jamiyat
Toshkent metropolitenining 29 ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash tizimi joriy etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, endi metroga kirish uchun transport kartasi yoki smartfon kerak emas – to‘lov kaftdagi chiziqlar asosida biometrik identifikatsiya yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda 29 ta bekatda innovatsion tizim o‘rnatilgan. Undan kuniga, taxminan, 200-250 ming yo‘lovchi foydalanmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 5 daqiqa vaqt oladi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu texnologiyani joriy etish navbatlarni sezilarli darajada qisqartirish va yo‘lovchilarning vaqtini tejash imkonini beradi.
Ta’kidlanishicha, bunday yechimlar shahar va uning infratuzilmasiga bo‘lgan ishonchning ko‘rsatkichi. Toshkentda fintex tashabbuslarini rivojlantirish uchun barqaror va xavfsiz muhit izchil ravishda shakllantirilmoqda. Bu esa investorlarning faol ishtirokida yuqori texnologiyali va keng ko‘lamli yechimlarni amalga oshirishda o‘z aksini topmoqda.
Bugungi kunda poytaxt metropoliteni yo‘lovchilariga qulaylik yaratish hamda kassa oldidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, metroda to‘lov tizimini amalga oshirishda elektron turdagi to‘lov usullari yanada rivojlanib bormoqda. Shuningdek, metro xizmatidan kamdan kam foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik hosil qilish maqsadida ko‘plab bekatlarda chipta sotib olish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan bankomatlar o‘rnatilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
110086
Jamiyat
94319
Jamiyat
90187
Jamiyat
73520
Jamiyat
//
Izoh yo‘q