Jamiyat
Nukusda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro H.K. ikki nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirgan.
U Toshkent shahrida ishlaydigan tanishlari yordamida fuqaro I.T.ga 1,2 milliard so‘m, fuqaro M.B.ga esa 300 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini ajratib berishini aytib, evaziga jami 48,4 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113380
Jamiyat
96111
Jamiyat
93557
Jamiyat
77489
Jamiyat
//
Izoh yo‘q