Ekostiker tizimida 2026 yildan jarimalar qo‘llanilmaydi

Saqlash
10:16 / 23.12.2025 23 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yildan boshlab, "ekologik hudud"ga kiruvchi qizil va sariq toifadagi avtomobillar jarimaga tortilishi haqida xabarlar yuzasidan tushuntirish berildi.

 

Ta’kidlanishicha, "Ekologik transport" tizimi doirasidagi jarimalar ikki yildan so‘ng, ya’ni 2028-yildan boshlab joriy etiladi. 2026-yil – bu faqat tizimni yo‘lga qo‘yish, haydovchilarni xabardor qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish davri hisoblanadi.

 

“Avtomobillar va yuk mashinalaridan chiqayotgan zaharli gazlar iqlim o‘zgarishi, havo haroratining ko‘tarilishi va kislotali yomg‘irlarga sabab bo‘lmoqda. Tizimning bosh maqsadi – jazolash emas, balki aholi orasida "Ekologik transport" tushunchasini keng targ‘ib qilish va shaharlarimiz havosining sifatini yaxshilashdir” – deyiladi xabarda.

 

Tizim haydovchilarni qiyin ahvolga solish emas, balki ularga ko‘mak berish tamoyili asosida ishlaydi:

 

Stiker rangini o‘zgartirish huquqi: Agar avtomobilingiz dastlab sariq yoki qizil stiker olgan bo‘lsa, uni texnik sozlash orqali rangini "yashil"ga o‘zgartirish imkoniyati mavjud.

 

Diagnostika markazlari: Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy diagnostika markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Haydovchilar o‘z mashinalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazib, stiker rangini yaxshilashlari mumkin.

 

Elektron ogohlantirish tizimi: Yo‘l harakati xavfsizligining yagona elektron tizimi va kameralar orqali haydovchilar qaysi hududga kirish mumkin yoki mumkin emasligi haqida oldindan xabardor qilib boriladi.

 

2026-yilda hech kim jarima to‘lamaydi! Bu vaqt oralig‘ida har bir haydovchi o‘z avtomobilining texnik holatini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//