Jamiyat
“Aholining ehtiyojmand qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Andijon shahri va Toshkent shahri Shayxontohur tumanida tashkil etilgan hududiy markazlar tajribasi asosida 2026–2027 yillar davomida bosqichma-bosqich 20 ta hududiy markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Hududiy markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
▪️ aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilishini tashkil etish;
▪️ og‘ir hayotiy vaziyatdagi bolalarning ijtimoiy moslashuvidagi muammolarni o‘rganish orqali ularning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash.
Hududiy markazlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga reabilitatsiya, abilitatsiya, fizioterapiya va davolash-jismoniy tarbiya, qarab turish va parvarishlash xizmatlari ko‘rsatiladi. Ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish huquqiga ega shaxslar hududiy markazlar xizmatlaridan “Inson” markazlarining yo‘llanmasi asosida foydalanadi.
Hududiy markazlarning xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha tartib-taomillar to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112140
Jamiyat
94825
Jamiyat
90880
Jamiyat
75672
Jamiyat
//
Izoh yo‘q