Bugundan “metan zapravkalar” odatdagi rejimda faoliyat yuritadi

Saqlash
09:16 / 23.12.2025 38 0

Energetika vazirligi bugundan, ya’ni 23-dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika bo‘yicha barcha “metan zapravkalar” odatdagi rejimda faoliyat yuritishini ma’lum qildi.

 

Biroq Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

 

“Buning asosiy sababi – gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash hisobga olinadi. Ya’ni jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

 

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda “metan zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi.

 

Ta’kidlanishicha, bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barcha sohalarda barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//