Jamiyat
Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimovning qarori bilan Yangi yil bayrami arafasida 134 nafar talaba xotin-qizning qariyb 1 mlrd 128 mln so‘mlik (jami 1 127 759 126 so‘m) to‘lov-kontrakt pullari (2025/2026-o‘quv yilida) to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Qarorda Qarshi, Shahrisabz shaharlari, shuningdek, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Kitob, Koson, Kasbi, Ko‘kdala, Mirishkor, Muborak, Nishon, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlari hokimlariga ilovaga muvofiq “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratishi va ajratilgan mablag‘ni belgilangan tartibda o‘tkazib berishi kerakligi aytilgan.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Z. Aminovaga mazkur qarorga asosan tuman(shahar) “Ayollar daftari” jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘ni qonunchilikda nazarda tutilgan holda ishlatilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q