Jamiyat
Yangi yil bayrami munosabati bilan turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda Madaniy meros agentligiga va “Vaqf” xayriya jamoat fondiga qarashli madaniy meros obyektlari tomonidan aholi va sayyohlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida bir qator chegirmalar joriy etiladi.
Jumladan, bayram kunlari madaniy meros obyektlariga tashrif buyuruvchilar uchun kirish chiptalariga 10 foizgacha chegirmalar, ayrim obyektlarga esa bepul kirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonalar, mehmon uylari va boshqa joylashtirish vositalarida ixtiyoriy ravishda 20 foizgacha maxsus bayram chegirmalari taqdim etiladi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar esa davlat teatrlarining spektakllariga bepul kirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Yangi yil bayramlari doirasidagi madaniy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tadbir o‘tadigan joy, tadbir vaqti va biriktirilgan mas’ullar) bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
112994
Jamiyat
95693
Jamiyat
92652
Jamiyat
76899
Jamiyat
//
Izoh yo‘q