Madaniyat
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, ularning huquqlari, qadr-qimmati va jamiyat mas’uliyati mavzularini o‘zida aks ettirgan “Haqqim bor” filmi xalqaro ekspertlar tomonidan “Yilning eng yaxshi loyihasi” deya e’tirof etildi.
Filmga “Staff Pick” tanlov belgisi berilgan. Bu xalqaro ijodiy platformalarda beriladigan nufuzli tanlov belgisi bo‘lib, u loyiha yoki filmning professional muharrirlar (staff) tomonidan alohida e’tirof etilganini anglatadi.
“Staff Pick”ga sazovor bo‘lgan ishlarning faqat cheklangan qismi yil yakunida “Best of the Year” (Yilning eng yaxshi loyihalari) ro‘yxatiga kiritiladi. Bu bosqich esa eng yuqori e’tirof darajasi hisoblanadi.
Shuningdek, film European Film Academy va Vimeo tomonidan shakllantiriladigan Best Branded Videos 2025 to‘plamiga ham kiritilgan bo‘lib, unga har yili taqdim etilgan minglab loyihalar orasidan taxminan 300 ta loyiha tanlab olinadi. Ulardan saralab olingan sanoqlilarigina Best of the Best toifasiga kiradi.
“Haqqim bor” qisqa metrajli filmi O‘zbekistonning Bogota chaqiruviga qo‘shilishi munosabati bilan suratga olingan va ilk bor 2025-yil may oyida ushbu voqeaga bag‘ishlangan konferensiya doirasida namoyish etilgan.
Kartina rejissyor Lado Kvataniya tomonidan O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida yaratilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110061
Jamiyat
94312
Jamiyat
90173
Jamiyat
73492
Jamiyat
//
Izoh yo‘q