Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan davlat idoralariga byudjet hisobidan Yangi yil korporativlarini o‘tkazish taqiqlandi, deb xabar berdi Daryo.
Xabarda yozilishicha, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalariga byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ tadbirlar va bayram dasturxonini yozish man etiladi.
Ta’kidlanishicha, bu taqiq aynan byudjet mablag‘lari va undan tashqari mablag‘larni sarflamaslikka qaratilgan bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘z oylik maoshlari hamda rag‘bat pullari hisobiga ishdan tashqari vaqtlarda Yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etishi mumkin. Davlatga qarashli bo‘lmagan tijorat tashkilotlari, xususiy firmalar va kompaniyalar bundan mustasno.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111630
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75124
Jamiyat
//
Izoh yo‘q