Jamiyat
O‘zgidromet 26-dekabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23–25-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1– -6° sovuq, kunduzi 23-24-dekabrda -2– -7° sovuq, 25-26-dekabrda -3° sovuq– +2° iliq gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-dekabrda 0– -5° sovuq, 24–26-dekabrda -3° sovuq– +2° iliq, kunduzi 23-24-dekabrda +7– +12° iliq, 25-26-dekabrda +5– +10° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi -1– -6° sovuq, kunduzi 23-24-dekabrda -2– -7° sovuq, 25-26-dekabrda -3° sovuq– +2° iliq gacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 0– -5° sovuq, kunduzi +2– +7° iliq, 24-26-dekabrda kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +5– +10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +7 +12° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 24–26-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 0– -5° sovuq, kunduzi 0– +5° iliq, 24–26-dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi +3– +8° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 24–26-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-24-dekabrda -8– -13° sovuq, 25-26-dekabrda -3– -8° sovuq gacha pasayadi, kunduzi 0– -5° sovuqdan 0– +5° iliq atrofida bo‘ladi.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
110057
Jamiyat
94309
Jamiyat
90171
Jamiyat
73490
Jamiyat
//
Izoh yo‘q