Jamiyat
O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish maqsadida kecha, 19-dekabr kuni The Walt Disney Company kompaniyasining vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlamoqchimiz.
Janob Vashington mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi hamda barcha tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi”, deb yozdi Prezident Admistratsiyasi rahbari.
Shuningdek, O‘zbekistonda “Disney”ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirilgan.
Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan Cinema Park kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan “Disneyland” tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110618
Jamiyat
94414
Jamiyat
90306
Jamiyat
74072
Jamiyat
//
Izoh yo‘q