O‘zbekiston GovTech indeksida dunyoning Top 10 davlati qatoriga kirdi

Saqlash
20:33 / 19.12.2025 36 0

Jahon banki tomonidan e’lon qilingan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksi — GovTech Maturity Index (GTMI)ning 2025-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 9-o‘rinni egalladi.

 

Qayd etilishicha, 2020-yilga nisbatan mamlakat 71 pog‘onaga yuqorilab, indeks ko‘rsatkichini 0,617 dan 0,958 ga yetkazgan. Natijada O‘zbekiston “GovTech’ning yuqori darajadagi yetukligi” (Extensive GovTech Maturity) toifasiga kiritildi.

 

Indeks davlat boshqaruvida raqamli transformatsiya darajasini to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha baholaydi. Bular asosiy davlat tizimlari, onlayn davlat xizmatlari, fuqarolarning raqamli ishtiroki hamda GovTech rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi omillardir.

 

2025-yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi hamda Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston va Kanada kabi davlatlar qatoridan joy oldi.

 

Shuningdek, reyting mamlakatning izchil o‘sish dinamikasini ham aks ettiradi. Xususan, O‘zbekiston 2020-yilda 80-o‘rinda, 2022-yilda 43-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilda 9-o‘ringa ko‘tarildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//