Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati e’lon qilindi

Saqlash
17:40 / 19.12.2025 87 0

Poytaxtda Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lari hamda markaziy maydonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, barcha bayram tadbirlari 25-dekabrdan boshlanadi va aksariyat joylarda 2026-yilning 10-yanvarigacha davom etadi. Poytaxtning asosiy archasi Milliy kutubxona oldiga o‘rnatiladi va asosiy tadbirlar ham o‘sha yerda o‘tadi.

 

Toshkentning barcha hududlaridagi bayram tadbirlari o‘tadigan manzillar ro‘yxati:

 

Yunusobod tumani:

  • Alisher Navoiy O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydoni (asosiy tadbir) — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);

  • Rixsiliy 24/7 turizm ko‘chasi, “Yunusobod Gallereya” majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (17:00 — 21:00);

     

Bektemir tumani:

  • “Compass” savdo majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Bektemir tumani:

  • “Coca-cola garden” bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Mirobod tumani:

  • Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi — 21.12.25 — 04.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • “Central Park” markaziy istirohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

  • “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududi — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Sergeli tumani:

  • Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi hamda Yangi Sergeli istrohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Olmazor tumani:

  • Asia Supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatr) — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Uchtepa tumani:

  • Uchtepa tumani hokimligining oldi qismi — 25.12.25 — 05.01.26 (16:00 — 20:00);

     

Chilonzor tumani:

  • “G‘ofur G‘ulom” madaniyat va istirohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

  • “Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);

  • “Magic City” bog‘i — 20.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);

  • Al-Xorazmiy 24/7 turizm ko‘chasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Shayxontoxur tumani:

  • “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

  • “Tashkent City” majmuasi — 21.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);

     

Yashnobod tumani:

  • Ashxobod saylgohi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 20:00);

     

Yakkasaroy tumani:

  • “NEXT” savdo majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Yangihayot tumani:

  • Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//